Biz haqimizda

ALVON

Bosh sahifa

ALVON

Biz o’z Mijozlarimizga yurtimizning ilg’or ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori sifatli va sog’lom maxsulotlarni taqdim qilishdan hursandmiz. O’z to’plamlarimizni ishlab chiqishda Mijozlarimizning talab va ehtiyojlariga va ularning milliy va ma’naviy qadriyatlariga alohida e’tibor beramiz. Bu maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqaruvchi hamkorlar bilan maxsulot sifati va dizaynini yaxshilash borasida doimiy izlanishlar olib boramiz.


Alvon bu zamonaviy oilaviy kiyim-kechak supermarketi. Bugungi kunda ALVON o’z mijozlariga xilma-xil maxsulotlarni taklif qilmoqda:

  • Erkaklar va ayollar ofis kiyimlari
  • Oilaning barcha a’zolari uchun kundalik kiyimlar
  • Trikotaj va jinsi matolardan ishlangan kiyimlar
  • Sport kiyimlari
  • Bolalar kiyimlari
  • Yangi tu’gilgan chaqaloqlar uchun kiyimlar
  • Home textile

 

Tarixi

ALVON kompaniyasi 2016-yil tashkil topgan. Yosh bo’lishiga qaramay, kompaniya o’zining ishonchliligi va xizmat ko’rsatish sifatining yuqoriligi bilan tanilib ulgirdi. ALVON xalqaro standartlar va kompaniya asoschilarining xalqaro va mahalliy bozorda orttirgan boy tajribalariga asoslanib faoliyat ko’rsatadi. ALVONni tashkil qilish g’oyasi o’n yillik muddatga borib taqaladi va infratuzilma, bozor iqtisodiyoti rivojlanishi kabi turli izlanishlarni qamarab olgan.

 

Falsafasi

Biz o’z to’plamlarimizni Mijozlarimizning talab va ehtiyojlari, hohish va istaklariga monand ishlab chiqamiz. Chunki, bizning fikrimizcha, kiyim faqat inson ta’nasini o’rab turishi kifoya qilmaydi, kiyim sog’lom va qulay bo’lishi shart. Qolaversa kostyum uni kiyuvchi shaxs haqida ta’surot uyg’otadi  – o’z egasining fe’l atvori va dunyo qarashini, statusi va mavqeyini namoish qiladi.

O’zining yuqori malakali, ijodkor va fidoiy jamoasi bilan, ALVON yanada kengayishni, standartlarni ko’tarish, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchi o’rtasida samarali aloqa o’rnatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

 

Maqsadi

Biz o’z Mijozlarimizga yurtimizning ilg’or ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori sifatli va sog’lom maxsulotlarni taqdim qilishdan hursandmiz. O’z to’plamlarimizni ishlab chiqishda Mijozlarimizning talab va ehtiyojlariga va ularning milliy va ma’naviy qadriyatlariga alohida e’tibor beramiz. Bu maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqaruvchi hamkorlar bilan maxsulot sifati va dizaynini yaxshilash borasida doimiy izlanishlar olib boramiz.ALVON jamoasi O’zbekiston bo’ylab, qolaversa uning tashqarisida ham kengayishni rejalashtirgan.